
- 7
- 06.01.2023 12:21:00
Bellingem – eng qimmat futbolchi, Messi va Ronaldu Top-100’da ham yo‘q
CIES Football Observatory futbolchilarning yangi transfer narxlari reytingini tuzib chiqdi.
Tadqiqotda tegishli statistik model yordamida jahonning 75 ta ligasidan 30 mingdan ortiq futbolchilarning taxminiy transfer narxlari aniqlangan.
Unga ko‘ra, ayni paytda eng qimmat futbolchi Dortmundning “Borussiya”si vakili Jud Bellingem bo‘ldi. Klub u uchun 208 mln yevro undirib olishi mumkin. 2-o‘rinni 200,5 mln yevroga baholangan Fil Foden egalladi.
Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu esa top-100’ga ham kiritilmadi.
Kuchli o‘nlikka Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Erling Xoland, Pedri, Gavi, Jamal Musiala, Yoshko Gvardiol va Federiko Valverde kirdi.





