• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Bashar Asadning rafiqasi u bilan ajrashmoqchi

  • 3
  • 23.12.2024 14:42:00

Bashar Asadning rafiqasi u bilan ajrashmoqchi

 

Rossiyadan boshpana topgan Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadning rafiqasi Asma Asad ajrashish uchun Rossiya sudiga ariza berdi. 49 yoshli Аsmo Аsad Rossiya poytaxtidagi yashash sharoitlaridan noroziligi va qon saratonining og‘ir shakliga chalinganligi sababli, davolanish uchun Buyuk Britaniyaga ketmoqchi. Аjrashish unga Yevropada sanksiyalar va qonun bilan bogʼliq muammolardan qutilishga yordam beradi. 
Asma Asad sud orqali Moskvadan chiqib ketishga ruxsat olmoqchi. Biroq amaldagi taqiqning aniq sabablari oshkor etilmagan. Taxminlarga ko‘ra, bu Rossiyada boshpana olish uchun hujjatlar vaqtincha olib qo‘yilgani bilan bog‘liq. Bashar Asadning o‘zi Rossiyada qattiq cheklovlarga duch kelayotgani aytilmoqda. Bundan tashqari, Rossiya hukumati Bashar Asadning moliyaviy aktivlariga kirishni muzlatib qo‘ygan.

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News