“Barselona” “Real”ni yengib, La Liga tojini saqlab qoldi

“Barselona” “Real”ni yengib, La Liga tojini saqlab qoldi
  • 4
  • 12.05.2026 12:59:00
  • 1 daq o'qish

Kecha, La Liganing 35-turidan o‘rin olgan “El Klassiko”da “Barselona” “Real Madrid”ni 2:0 hisobida yengib, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq Markus Reshford jarima zarbasidan hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada Ferran Torres ikkinchi golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, “Barselona” o‘z tarixida 29-bor La Liga chempioniga aylandi. Flik esa qatorasiga ikkinchi mavsumida ham sovringa ega chiqdi.
Bundan keyingi turlar esa shunchaki rasmiyatchilik bo‘ladi.

“Barsa” muxlislarini g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News