• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Toshkentda O‘zbekiston—AQSH muzokaralari boshlandi

  • 1
  • 01.03.2023 10:23:00

Toshkentda O‘zbekiston—AQSH muzokaralari boshlandi

Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov va bir kun avval tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken muzokaralar o‘tkazish uchun uchrashdi.

Muzokaralar avvalida ikki davlat tashqi idoralari rahbarlari mamlakat bayroqlari oldida suratga tushdi.Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston—AQSH strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Baxtiyor Saidov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashuv samarali bo‘lganini aytdi.

"Biznes almashinuvlari uchun qulay sharoitlar yaratish, O‘zbekiston kadrlar salohiyatini oshirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va boshqa qator masalalar bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni birlashtirishga kelishib oldik. AQSh hukumati tomonidan O‘zbekiston prezidentining islohotlar dasturini muntazam va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini yuksak qadrlaymiz", – deb yozgan vazir Telegram kanalida.

Bu AQSH davlat kotibining O‘zbekistonga birinchi tashrifi hisoblanadi. Ushbu tashrifdan avval Blinken Qozog‘istonning Ostona shahrida “C5+1” formatidagi (Markaziy Osiyov + AQSH) uchrashuvda ishtirok etgandi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov ham qatnashdi. 

Ushbu yig‘ilishda AQSh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, energetika, atrof-muhit va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News