
- 1
- 20.12.2022 10:14:00
“Aydar” o‘tov lageri
“Aydar” o‘tov lageri – Navoiy viloyatidagi Aydarko‘l ko‘lidan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan sahrodagi dam olish maskani, 11 ta chiroyli bezatilgan o‘tovdan iborat. Lagerda maroqli hordiq chiqarish uchun hamma sharoitlar mavjud: yuvinish xonalari, shinam o‘tov-oshxonasi, hordiq olish uchun hashamatli o‘rindiqlar. Non va somsa pishirish uchun tandirlar, restoran, elektr quvvati, buyurtma bo‘yicha chaqaloq yotoqlari mavjud.
O‘tov lagerida dam olish afzalliklari orasida nafaqat go‘zal muhit, balki bu ko‘chmanchilarning turmush tarziga tegish, zamonaviy hayotda imkonsiz bo‘lgan noyob daqiqalarni his qilish imkoniyatidir.