
- 3
- 24.05.2023 12:54:00
Avokado va tuxum pashotli tost
“Lazzat dunyosi” oshxonasida nonushtaning yulduzi bo‘ladigan ajoyib retsept. “Avokado va tuxum pashotli tost” retseptini saqlashni va tayyorlab ko‘rganingizda bizni belgilashni unutmang🤓
🥑Masalliqlar:
1 tuxum;
1/2 avokado;
1 bo‘lak non;
1 chimdim tuz;
1 chimdim murch;
1-2 tomchi limon sharbati;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Avokadoni po‘stlog‘idan ajratib olib yaxshilab ezib, ustiga tuz va murch soling.
- Qizigan qozonga sariyog‘ solib, bir bo‘lak nonni qizartirib olib, ustidan avokadoli aralashmani tekis qilib surtib olamiz.
- Qozonda qaynagan suvga tuxumni chaqib, qoshiq yordamida to‘g‘irlab turamiz.
- Tuxumni roppa-rosa 3 daqiqa pishirgandan so‘ng, avval qog‘oz sochiq ustiga, (ortiqcha suvni olib tashlash uchun) keyin avokado yoyilgan non ustiga qo‘yamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha 🤤





