• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

O‘zbekistonda 2-toifali o‘qituvchilarning o‘rtacha oyligi ochiqlandi

O‘zbekistonda 2-toifali o‘qituvchilarning o‘rtacha oyligi ochiqlandi
  • 9
  • 04.11.2023 15:43:00

O‘zbekistonda 2-toifali o‘qituvchilarning o‘rtacha oyligi ochiqlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ijtimoiy sohalar iqtisodiyoti va moliyasi departamenti direktori Adham Eshchanov bugungi kunda O‘zbekistonda to‘liq stavkada ishlab, 2 mln so‘m oylik olayotgan o‘qituvchi yo‘qligi, to‘liq stavkadagi 2-toifali o‘qituvchilarning o‘rtacha oyligi 3 mln 700 ming so‘m ekanini aytdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, keyingi yil avgustdan bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilarning oyligi oliy ma’lumotli o‘qituvchilarning oyligiga tenglashtiriladi.

Shuningdek, ayni paytda eng oddiy umumiy amaliyot shifokorining o‘rtacha maoshi 4 mln 900 ming so‘mni tashkil etishi ochiqlandi.

Statistika agentligining esa sentyabr oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 4,4 million so‘mni tashkil qilishini ma’lum qilgandi. Sohalar kesimida eng kam oylik ta’lim sohasida – 3 mln 43 ming so‘m, sog‘liqni saqlash sohasida esa 2 mln 917 ming so‘m qayd etilgan.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News