Endi haydovchilik guvohnomasi olish uchun avtomaktabda o‘qish shart emas

Endi haydovchilik guvohnomasi olish uchun avtomaktabda o‘qish shart emas
  • 12
  • 27.10.2025 17:07:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan yangi qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab A1 toifasidagi moped va skuterlarni boshqarish uchun avtomaktablarda o‘qish endi majburiy bo‘lmaydi.

Endilikda fuqarolar o‘zlari mustaqil tayyorlanib, bevosita nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish imkoniga ega bo‘ladi.

Nazariy imtihonda 20 ta savol beriladi — ulardan kamida 16 tasiga to‘g‘ri javob berganlar testdan o‘tgan hisoblanadi.

Shuningdek, 2026-yil 1-fevraldan boshlab A va B toifali transport vositalari uchun ham nazariy tayyorgarlikni mustaqil o‘rganish mumkin bo‘ladi, biroq amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish majburiy bo‘lib qoladi.

Bundan tashqari, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan fuqarolar uchun qayta imtihon topshirishning alohida tartibi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Mazkur yangilik haydovchilik guvohnomasini olish jarayonini soddalashtirish, vaqt va xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News