
- 5
- 05.05.2026 13:39:00
- 1 daq o'qish
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim maktablarda o‘quvchilar davomatini nazorat qilish uchun “aqlli” kameralar sinov tariqasida o‘rnatilmoqda. Bu tizim Smart School dasturi bilan birga ishlaydi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, ushbu texnologiya o‘quvchilarning darsga qatnashishini yanada samarali nazorat qilish va xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qiladi. Ota-onalar ham farzandlarining maktabga kelishini onlayn kuzatishi mumkin bo‘ladi.
Hozirda davomat asosan “e-maktab” platformasi orqali fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlari tomonidan qayd etib borilmoqda. Sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilarning ota-onalariga ogohlantirish yuboriladi. Agar o‘quvchi muntazam dars qoldirsa, uning ota-onasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq jarimaga tortilishi mumkin.