• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda jami qancha mansabdor ishdan olingani ochiqlandi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda jami qancha mansabdor ishdan olingani ochiqlandi
  • 6
  • 28.07.2023 16:45:00

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda jami qancha mansabdor ishdan olingani ochiqlandi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan IIV kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida jami 31 nafar mansabdor ishdan bo‘shatildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, prezident yig‘ilishni yakunlar ekan, endi hech kimning eskicha ishlashiga yo‘l qo‘yilmasligini uqtirdi.

“Bugungi yig‘ilishda jami 31 nafar masʼul rahbarlar bo‘shatildi. Bundan keyin talab juda qattiq bo‘ladi.

Bundan buyon yangicha yondashuvlar asosida ishlab, odamlarimizni rozi qilasizlar, yoki lavozimdan bo‘shatilib, javobgarlikka tortilasizlar”, — dedi davlat rahbari. 

Viloyat hokimlari ham har oyda hududidagi jinoyatchilik og‘ir bo‘lgan tumanlarda sayyor yig‘ilish qilib, holatni tanqidiy ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Manba: daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News