
- 2
- 03.03.2023 09:17:00
“El-Klasiko”da “Barselona” “Real”dan ustun keldi
Ispaniya Kubogi yarim finalining markaziy juftligida “Barselona” Madridda avtogol evaziga g‘alabaga erishdi. Kamavinganing xatosidan so‘ng boshlangan hujumda Militao o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Javob bellashuvi 5-aprel kuni “Kamp Nou”da o‘tkaziladi.
Maʼlumot uchun, yarim finalning ikkinchi bahsida “Osasuna” o‘z uyida “Atletik”dan minimal hisobda ustun kelgandi.