Turkiyadagi to‘yda kelin-kuyovga 1,5 mlrd so‘mdan ortiq to‘yona berildi

Turkiyadagi to‘yda kelin-kuyovga 1,5 mlrd so‘mdan ortiq to‘yona berildi
  • 1
  • 17.07.2026 10:36:00
  • 1 daq o'qish

 Turkiyaning qishloqlaridan birida bo‘lib o‘tgan dabdabali to‘y marosimi ijtimoiy tarmoqlarida keng muhokama qilindi. To‘y marosimida jami 6 million turk lirasi qiymatidagi to‘yona yig‘ilib, shundan taxminan 3 million liralik oltin kelinga, yana 3 million lira naqd pul esa kuyovga sovg‘a qilingan. Xabarga ko‘ra, ikki kun davom etgan ushbu to‘yda, mehmonlar uchun katta ziyofat tashkil etilib, 35 ta qo‘y so‘yilgan. Kelin marosimga tashrif buyurgan barchaga minnatdorlik bildirib, o‘zi uchun eng katta boylik baxtli oila qurish ekanini aytgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News