• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga keladi
  • 0
  • 06.11.2023 12:11:00

AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu O‘zbekistonga keladi

AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu 4−11 noyabr kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Hindistonga boradi. Donald Lu Qo‘shma Shtatlarning Markaziy Osiyo bo‘yicha delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

Donald Lu o‘z safarini Qozog‘istonga borishdan boshlaydi, so‘ng Toshkentga keladi va AQSh-O‘zbekiston strategik sheriklik muloqoti yig‘ilishida Amerika delegatsiyasiga boshchilik qiladi.

Davlat kotibi yordamchisi O‘zbekiston hukumati rasmiylari bilan uchrashib, mintaqaviy muammolarni hal qilish, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, savdo va investitsiyani diversifikatsiya qilish uchun ikki davlatning xavfsizlik sohasidagi sherikligini kengaytirish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News