Tailand va Kambodja o‘rtasida qurolli to‘qnashuv boshlandi

Tailand va Kambodja o‘rtasida qurolli to‘qnashuv boshlandi
  • 0
  • 24.07.2025 13:10:00
  • 1 daq o'qish

24-iyul kuni Tailand va Kambodja harbiylari o‘rtasida chegarada qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi. Tailand rasmiylariga ko‘ra, Kambodjaning qurollangan askarlari chegaraga yaqinlashgan va bunga javoban Tailand havo hujumi uyushtirgan.
To‘qnashuvlar ortidan Tailand 86 ta qishloqdan 40 mingga yaqin aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirdi. Chegaraga F-16 qiruvchilari joylashtirildi, tomonlar og‘ir artilleriyadan foydalanmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 11 nafar Tailand fuqarosi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangan. Ikki davlat o‘rtasidagi chegara vaqtincha yopilgan. Voqea yuzasidan vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News