O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushadi

O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushadi
  • 5
  • 07.11.2025 10:17:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu loyiha Shavkat Mirziyoyevning Vashington tashrifi chog‘ida AQSH kompaniyalari va moliya institutlari bilan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Rejaga ko‘ra, Markaziy bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Turizm qo‘mitasi xalqaro to‘lov kompaniyalari bilan muzokaralar olib borib, ularni O‘zbekiston bank xizmatlari va to‘lov tizimlariga ulashadi. Zarur hollarda milliy qonunchilik ham yangilanadi.
Shuningdek, mamlakatda Raqamli akademiya va startap-hablar tarmog‘i yaratish ham ko‘zda tutilgan, va loyihalarni moliyalashtirishga AQSHning DFC va Eksimbanki jalb qilinadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News