
- 6
- 23.05.2023 12:47:00
⚡️ “Yuventus”dan yana ochko olib tashlandi. Klub 7-o‘ringa tushib ketdi
Moliyaviy ayyorliklar tufayli Turinning “Yuventus” klubidan 10 ochko olib tashlandi. 69 ochko jamg‘argan turinliklar A Seriya jadvalida 2-o‘rinda borayotgan edi. Jazo kuchga kirgach, “Yuventus” 7-o‘ringa tushib ketdi. Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rindan 5 ochko ortda. Jamoa oldida yana 3 ta tur bor. Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida ham klubdan 15 ochko olib qo‘yilgan, aprel oyida esa ochkolar qaytarilgan edi.