• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Qatag‘on qurboni bo‘lgan yana 240 nafar shaxs Oliy sudda oqlandi

Qatag‘on qurboni bo‘lgan yana 240 nafar shaxs Oliy sudda oqlandi
  • 4
  • 25.08.2023 08:04:00

Qatag‘on qurboni bo‘lgan yana 240 nafar shaxs Oliy sudda oqlandi

Ular 1929-31 yillarda sovet hukumatiga qarshi qo‘zg‘olon harakatlarini amalga oshirganlikda ayblangan. Oliy Sud xabariga ko‘ra, 1929-1931 yillarda hozirgi Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida bosmachilik harakati a’zolari bo‘la turib, qurolli to‘da tuzishib, sovet hukumatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olon yoki aksilinqilobiy maqsadlarda harakatlarni amalga oshirganlikda ayblangan O‘zbekiston SSR va Qozog‘iston SSR fuqarolari bo‘lgan 240 nafar shaxsga oid 5 ta jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi.
Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya protestini berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnomalar hamda apellyasiya tartibida protestlar keltirildi.
2023 yil 24 avgust kuni ochiq sud majlislarida ushbu iltimosnomalar va protestlar ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi hamda Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 5 ta jinoyat ishi bo‘yicha 240 nafar shaxsga nisbatan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining oqlov hukmi chiqarildi.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News