
- 4
- 18.02.2026 13:50:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda 2026-yil sentabrdan “Karyera” onlayn platformasi ishga tushiriladi. Loyiha talaba va bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga qaratilgan. Platforma elektron mehnat bozori sifatida ishlaydi. Sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarga qobiliyati, o‘zlashtirish darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib, mos vakant ish o‘rinlari taklif qilinadi. Ish beruvchilar ham tizim orqali munosib nomzodlarni topish imkoniga ega bo‘ladi. Tizimda ishga joylashish jarayoni avtomatik monitoring qilinadi. Platformadan 1,6 million talaba va bitiruvchi hamda 50 mingdan ortiq korxona foydalanishi kutilmoqda. Shuningdek, 150 ming nafar texnikum bitiruvchilari uchun ham ish topish imkoniyati yaratiladi.
Avvalroq bitiruvchilarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish mexanizmi joriy etilgandi. Yangi tizim oliygohni tugatganiga uch yil bo‘lmagan bitiruvchilarga ham tatbiq etiladi.