• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Samarqandda Qatar amirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda Qatar amirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
  • 1
  • 06.06.2023 11:49:00

Samarqandda Qatar amirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda 6-iyun kuni Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad al-Soniyni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Qatar amiri Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan 5-iyun kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgandi.

Tashrifning asosiy tadbirlari  6-iyun kuni Samarqand shahrida Qatar rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi. Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

O‘zbekiston prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegasiya a’zolarini qutladi.

Shundan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Manba: Daryo.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News