- 4
- 03.05.2023 10:59:00
Inkuzartdan “Tinchlik bo‘lsin” nomli ijod namunasi
Poytaxtda o‘zining ko‘plab ijod namunalari bilan tanilgan rassom Inkuzart navbatdagi kutilmagan ijod namunasini taqdim etdi. Bu safar ijodkor Orol dengizining qurigan qismiga tinchlik ramzini minglab saksovullar ekish yordamida yaratdi. Bu orqali u qurg‘oqchilik muammosini ko‘tarib, shu bilan birga uning yechimini ham ko‘rsatishga urindi. Rassom ushbu ijodini “Tinchlik bo‘lsin” deya nomlagan. Undan tashqari Inkuzart Mo‘ynoq kema qabristoniga saksovul Mo‘ynoqni qutqaradi mazmunidagi lavhani ham o‘rnatgan.
Sizga rassomning qaysi asarlari ko‘proq yoqadi? Izohlarda yozib qoldiring.
Manba: @Inkuzart