• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Rossiyadan O‘zbekistonga 6 mln rubldan ortiq naqd pul olib chiqishga urinish aniqlandi

Rossiyadan O‘zbekistonga 6 mln rubldan ortiq naqd pul olib chiqishga urinish aniqlandi
  • 1
  • 14.07.2023 08:18:00

Rossiyadan O‘zbekistonga 6 mln rubldan ortiq naqd pul olib chiqishga urinish aniqlandi

«Aeroport Krasnoyarsk» bojxona posti xodimlari O‘zbekistonga uchayotgan yo‘lovchilarning qo‘l yuki va bagajini tekshirish jarayonida naqd pul noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini oldi. 

58 yoshli Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayol Toshkentga uchishdan oldin bojxona nazoratidan o‘tish uchun «yashil yo‘lak»ni tanlagan. Shu bilan birga, u bojxona deklaratsiyasiga tortiladigan pul va tovarlari yo‘qligini ma’lum qilgan. 

Biroq yo‘lovchining qo‘l yuki va qo‘l sumkasidan bojxonachilar katta miqdordagi naqd pul – 6 million rubldan ortiq yoki sayohat kunidagi kurs bo‘yicha deyarli 66 ming AQSh dollari ekvivalentidagi pulni aniqladi

Rossiya rublida 10 000 AQSh dollari ekvivalentidan oshadigan naqd pul majburiy ravishda yozma deklaratsiya qilinishi kerakligi sababli, noqonuniy o‘tkazilgan mablag‘lar miqdori deyarli 56 000 AQSh dollarini yoki 5,1 million rublni tashkil etgan. 

Krasnoyarsk bojxonasi jinoiy ish ochdi. Noqonuniy olib chiqib ketilmoqchi bo‘lgan mablag‘lar sud qarori chiqarilgunga qadar olib qo‘yilgan, qolgan summa egasiga qaytarilgan. 

manba: kun.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News