• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Toshkent viloyatida ariqda oqqan ikki yoshli qizchani qutqargan 18 yoshli yigitga noutbuk sovgʼa qilindi

Toshkent viloyatida ariqda oqqan ikki yoshli qizchani qutqargan 18 yoshli yigitga noutbuk sovgʼa qilindi
  • 5
  • 26.06.2023 11:30:00

Toshkent viloyatida ariqda oqqan ikki yoshli qizchani qutqargan 18 yoshli yigitga noutbuk sovgʼa qilindi

Qibray tumanida yashovchi 18 yoshli yigitning xonadoniga FVB va Yoshlar ishlari agentligi xodimlari minnatdorchilik soʼzlari bilan kelishdi.
Аvvalroq, Qibray tumanida ikki yoshli qiz katta ariqqa tushib ketgani, uni 18 yoshli Yusufbek Tojiboev qutqarib qolgani haqida xabar bergandik.
Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar boʼlimi vakillari Tojiboevga jajji qizaloqning hayotini saqlab qolgan jasoratli harakati uchun minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma va sovgʼa topshirdi.
Yosh qahramon xonadoniga Yoshlar masalalari agentligi vakillari ham tashrif buyurib, yigitga yangi noutbuk sovgʼa qildi.

Manba: Uznews

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News