
- 0
- 04.07.2026 11:11:00
- 1 daq o'qish
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze ishtirok etdi.
Marosimda Alisher Navoiy haykali O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi madaniy aloqalar hamda xalqlar do‘stligining ramzi ekani ta’kidlandi. Shuningdek, Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan biri gruzin shoiri Shota Rustaveli nomi bilan atalishi va unga haykal o‘rnatilgani, o‘z navbatida, 2026-yilda Tbilisidagi markaziy bog‘lardan biriga Alisher Navoiy nomi berilgani qayd etildi. Bu ikki xalqning o‘zaro hurmati va madaniy aloqalarining yorqin ifodasi sifatida e’tirof etildi.