• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Аlisher Qodirov Rossiyada oʼzbek maktablarini qurish ruslarni kamsitish boʼladi degan deputatga munosabat bildirdi

Аlisher Qodirov Rossiyada oʼzbek maktablarini qurish ruslarni kamsitish boʼladi degan deputatga munosabat bildirdi
  • 5
  • 21.10.2023 07:57:00

Аlisher Qodirov Rossiyada oʼzbek maktablarini qurish ruslarni kamsitish boʼladi degan deputatga munosabat bildirdi

Oʼzbekistonda rus tiliga munosabat, Rossiyada oʼzbek tiliga munosabat bilan mutanosib boʼlishi kerak — Qodirov
Аlisher Qodirov Rossiyada oʼzbek maktablarini qurish ruslarni kamsitish boʼladi degan deputatga munosabat bildirdi.
Oʼzbekiston Prezidenti maslahatchisi Qahramon Quronboev kuni kecha Rossiyaga tashrif buyurib, Rossiya hukumatidan Rossiyada oʼzbek diasporasi vakillari hisobidan mehnat muhojirlari farzandlari uchun xususiy bogʼchalar va maktablar ochishga yordam berishni soʼragandi. 
Аmmo, rossiyalik deputat Mixail Delyagin bu tashabbus noqonuniy ekanligini aytdi.
"Faqat migrant bolalar uchun maktablar ochish RF fuqarolariga nisbatan kamsitish ekanligi aniq. Bu Rossiyani yoʼq qilishga, avval begona, keyin esa dushman anklavlarni yaratishga qaratilgan, ataylab olib borilgan siyosatdir.
Menimcha, Oʼzbekiston, albatta, bolalar bogʼchalari va maktablarni qurishi kerak, lekin faqat oʼz hududida. Аslida, ular Rossiyaga kirib kelgan migrantlarni qaytarib olib ketishlari lozim", — deydi Delyagin "Govorit Moskva" radiostantsiyasi bilan suhbatda. 

Shundan soʼng, "Milliy tiklanish" DP raisi Аlisher Qodirov rossiyalik hamkasbi Mixail Delyaginning gaplariga munosabat bildirdi. 
Qodirovning fikricha, Rossiyada oʼzbeklar va oʼzbek tiliga munosabat Delyagin aytganicha boʼlsa, Oʼzbekistonda rus tiliga munosabat ham bunga mutanosib boʼlishi kerak.
"Rossiya maktablarida oʼzbek tilini oʼrgatish rus millatini kamsitish hisoblanadi-yu, Oʼzbekiston maktablarida rus tilida taʼlim berilayotgani oʼzbeklarni kamsitish hisoblanmaydimi?", - deydi Аlisher Qodirov.

Manba: uznews

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News