• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov
  • 2
  • 24.01.2025 12:03:00

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov

❗️ “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatish emas, xorijga sotib, ish o‘rni yaratish, elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko‘paytirib, gaz o‘rniga elektr energiyasi ishlatishni o‘rganish kerakligini aytdi.

Deputat o‘z sahifasida “Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorako‘zlarimizga ish o‘rni yaratish mumkin. Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi”, deb yozdi.

Shuningdek, Alisher Qodirov yangi quriladigan uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasini rag‘batlantirish taklifini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News