Aleksandr Vuchich iste’foga chiqdi

Aleksandr Vuchich iste’foga chiqdi
  • 5
  • 28.09.2026 13:01:00
  • 1 daq o'qish

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 27-sentabr kuni iste’foga chiqqanini e’lon qildi. U bu qarorini 25-oktabrda bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari parlament saylovlarida qatnashib, bosh vazir lavozimi uchun kurashmoqchi ekani bilan izohladi.
Vuchichning prezidentlik vakolatlari vaqtincha parlament raisi Ana Brnabichga o‘tadi. Vuchich Konstitutsiyaga ko‘ra uchinchi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi. U 2017-yildan beri Serbiya prezidenti lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ikkinchi prezidentlik muddati 2027-yil mayida yakunlanishi kerak bo‘lgan.
Vuchich navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozongan taqdirda bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News