• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Agrooziq-ovqat investitsiya forumida 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi

Agrooziq-ovqat investitsiya forumida 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi
  • 5
  • 08.09.2023 13:19:00

Agrooziq-ovqat investitsiya forumida 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi

Samarqand shahri 7- 8 sentyabr kunlari Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilmoqda. Kecha konferensiyaning birinchi kuni yakuniga yetdi. Yalpi majlisdan so‘ng ishtirokchilar «Buyuk Ipak Yo‘li» xalqaro turizm markazida joylashgan ekspomarkazda tashkil etilgan «O‘zbekiston agrooziq-ovqat salohiyati» ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston agrar tarmog‘ini isloh qilishdagi yutuqlar taqdim qilindi. Mehmonlarga O‘zbekistonning agro va oziq-ovqat sohasidagi salohiyati, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi yondashuvlari namoyish etildi. Anjuman qatnashchilari urug‘chilik, bog‘dorchilik, chorvachilik, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning klaster, kooperatsiya, agrologistika usullari bilan tanishtirildi.

Ushbu  konferensiya doirasida agrooziq-ovqat investitsiya forumi ham o‘tkazildi. 26 ta mamlakatdan 100 dan ziyod kompaniya qatnashgan ushbu tadbirda 1,88 mlrd AQSh dollariga teng kelishuvlar imzolandi.

Manba:Xabar.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News