Prezident tanqididan so‘ng hokim konteyner uyga ko‘chib o‘tdi

Prezident tanqididan so‘ng hokim konteyner uyga ko‘chib o‘tdi
  • 0
  • 19.09.2025 13:19:00
  • 1 daq o'qish

Namangan viloyatining Norin tumanidagi “Sho‘rariq” mahallasi “Yangi Namangan” mahallasiga aylantirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni mahalladagi infratuzilmani tanqid qilib, sharoitni yaxshilash bo‘yicha topshiriq bergandi.
Shu maqsadda tuman hokimi Shavkat Abdurazzoqov islohotlarni tezlashtirish va muammolarni joyida hal qilish uchun mahalla hududida o‘rnatilgan konteyner uyga ko‘chib o‘tdi.
Mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirish, sanoat zonasi tashkil etish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha master reja ishlab chiqilmoqda. Shu yerda barcha ishlarni muvofiqlashtirish uchun viloyat shtabi ham tuzildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News