
- 3
- 03.08.2023 09:58:00
Farg‘onada taksi haydovchisi va fuqaro o‘rtasidagi janjal ortidan uch nafar IIO xodimi lavozimidan bo‘shatildi
Farg‘ona shahrida taksi haydovchisi va fuqaro o‘rtasidagi janjal ortidan uch nafar IIO xodimi egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmagani uchun Farg‘ona viloyati IIB patrul-post xizmati otryadi safdor xodimlari V.N., E.P hamda guruh komandiri kapitan Z.O. egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.
Shuningdek, Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyon komandiri H.S.ga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanildi.
Manba: Daryo.uz