• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Afruza Hamdamova — ikki karra jahon chempioni

Afruza Hamdamova — ikki karra jahon chempioni
  • 5
  • 09.11.2024 11:02:00

Afruza Hamdamova — ikki karra jahon chempioni

Shaxmat bo‘yicha Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida Afruza Hamdamova muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. U 10 ta partiyadadan 9 tasida g‘alaba qozondi va 1 ta durang qayd etib, 9,5 ochko to‘pladi. Endi oxirgi turda qanday natija ko‘rsatishidan qat’iy nazar birorta raqibi unga yeta olmaydi.

Ma’lumot uchun, Afruza o‘tgan yilgi jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. U hozirda Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinfi o‘quvchisi hisoblanadi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News