• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

O‘zbekistonga 30 ta davlatdan qariyb $200 mlnlik gumanitar yordam

O‘zbekistonga 30 ta davlatdan qariyb $200 mlnlik gumanitar yordam
  • 2
  • 31.05.2024 14:42:00

O‘zbekistonga 30 ta davlatdan qariyb $200 mlnlik gumanitar yordam

O‘zbekistonga 2023-yil yanvar-dekabr oylarida 30 ta davlatdan umumiy qiymati 197 mln 842 ming dollar miqdoridagi gumanitar yordam yuklari kirib keldi. 

Gumanitar yordamning asosiy ulushi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi:

Germaniya (71 mln 379,4 ming dollar yoki yordamning 36 foizi);
Xitoy (27 mln 467,6 ming dollar, 13,9 foiz);
AQSh (23 mln 234,2 ming dollar, 11,8 foiz);
Belgiya (22 mln 620,2 ming dollar, 11,4 foiz);
Shveytsariya (20 mln 757,8 ming dollar, 10,5 foiz).

Gumanitar yordam kirib kelgan sohalar:

sog‘liqni saqlashga (169 mln 233,5 ming dollar);
ijtimoiy sohaga (1 mln 244,4 ming dollar);
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga (943,2 ming dollar);
ta’limga (247,2 ming dollar) yo‘naltirilgan.

Gumanitar yordam oluvchi tashkilotlar:

SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 58,2 foiz;
«Ta’minot va logistika xizmati» unitar korxonasiga 17,2 foiz;
Gematologiya ilmiy tadqiqot institutiga 10,5 foiz;
«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondiga 11,2 foiz ulush to‘g‘ri keladi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News