Abdulla Qahhor uy-muzeyi uch oyga yopiladi

Abdulla Qahhor uy-muzeyi uch oyga yopiladi
  • 0
  • 23.09.2026 12:05:00
  • 1 daq o'qish

Abdulla Qahhor uy-muzeyida olib borilayotgan ta’mirlash-tiklash va modernizatsiya ishlari sababli muzey faoliyati 2026-yil 21-sentyabrdan 31-dekabrgacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash jarayonida muzey ekspozitsiyasidagi eksponatlar xavfsiz demontaj qilinib, muzey fondidagi ashyolar maxsus xonalarga joylashtiriladi. Shuningdek, barcha muzey ashyolari vaqtincha O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga ko‘chiriladi.

Ishlar yakunlangach, eksponatlar xavfsizlik talablariga muvofiq Abdulla Qahhor uy-muzeyiga qaytariladi.

Ta’mirlash va modernizatsiya ishlari tugagach, muzey o‘z faoliyatini qayta tiklaydi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News