• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Abbosbek Fayzullayev yana “tema”da! Endi u RPLda “Mavsum kashfiyoti” sovrini uchun da’vogarlar uchligiga kirdi!

Abbosbek Fayzullayev yana “tema”da! Endi u RPLda “Mavsum kashfiyoti” sovrini uchun da’vogarlar uchligiga kirdi!
  • 0
  • 15.05.2024 16:05:00

Abbosbek Fayzullayev yana “tema”da! Endi u RPLda “Mavsum kashfiyoti” sovrini uchun da’vogarlar uchligiga kirdi!

Rossiya Premyer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrini uchun nomzodlarning yakuniy uchligi e’lon qilindi. Ushbu sovringa o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev (SSKA), Bitello (Dinamo) va Nikita Saltikov (Krilya Sovetov) da’vogarlik qilmoqda.
Birinchi bosqichda tomoshabinlar ovoziga ko‘ra mazkur nomzodlar uchligi shakllantirilgan edi. Hamyurtimiz barchadan ko‘p ovoz to‘plaganini alohida qayd etib o‘tish joiz. 
Ma’lumot o‘rnida, Abbosbek joriy mavsum SSKA tarkibida barcha musobaqalarda 29 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News