
- 7
- 10.01.2026 09:17:00
- 1 daq o'qish
Samarqand viloyatida 2004-yilda tug‘ilgan yigit 2025-yil 30-dekabr kuni Telegram’dagi o‘z profilidan bir kanalning izohlarida Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqoratlab, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlarni tarqatgani aniqlangan. Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvlarda shaxsning harakatlariga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184³-moddasi asosida baho berilib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tumani sudining 2026-yil 9-yanvardagi qaroriga ko‘ra, yigitning harakatlari huquqbuzarlik sifatida topilib, unga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
❗️Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materialni tayyorlaganlar, saqlaganlar yoki tarqatganlar O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.