• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Eri tomonidan muntazam kaltaklangan ayol o‘zini osib o‘ldirdi

Eri tomonidan muntazam kaltaklangan ayol o‘zini osib o‘ldirdi
  • 5
  • 19.09.2024 14:34:00

Eri tomonidan muntazam kaltaklangan ayol o‘zini osib o‘ldirdi

Samarqandda eri muttasil kaltaklab kelgan ayol oʻzini oʻldirdi. Aniqlanishicha, erkak nafaqat xotinini, balki voyaga yetmagan bir oʻgʻil va bir qizini ham kaltaklab kelgan. Ayol otasining yuqori qon bosimi bo‘lgani sabab bularni ota-onasiga aytolmagan. Doimiy kaltaklangan ayolning sog‘ligi yomonlashgan, biroq eri shifokorni chaqirishni ham kasalxonaga borishni ham taqiqlagan. Bulardan xabar topgan ayolning ota-onasi uning uyiga kelganida eri ularni haydab yuborgan. Bunday xo‘rliklardan to‘ygan ayol o‘zini osib o‘ldirgan. Bolalar tunda onasining jasadini koʻrganini aytgan. Erkak shu kuni ayolning holidan xabar olish uchun kelgan yana ikki kishini ham pichoqlagan.

Zo‘ravon erkakka nisbatan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News