Bo‘lajak erining aldovi bilan uyidan ayrilgan qiz Saida Mirziyoyevadan yordam so‘radi

Bo‘lajak erining aldovi bilan uyidan ayrilgan qiz Saida Mirziyoyevadan yordam so‘radi
  • 3
  • 19.11.2025 14:10:00
  • 1 daq o'qish

Bo‘lajak kuyov aldovi bilan uyidan ayrilgan Jamila Olimboyeva noma’lum shaxslar tomonidan tahdid va bosimga uchrayotganini aytib, Saida Mirziyoyevadan yordam so‘radi. Olimboyevaning aytishicha, firibgarlik ishi bo‘yicha birinchi sud majlisidan so‘ng noma’lum shaxslar uning shaxsiy fotosuratlarini tarqatishni boshlagan. Bu suratlar avval faqat firibgar kuyovda bo‘lgan va endi tahdid va bosim vositasi sifatida ishlatilmoqda. Shuningdek, kimlardir uning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini buzishga urinmoqda va uyning atrofiga kuzatuv qo‘yilgan. Unga qarshi videoyozuvlar otasi va ukasiga yuborilgan, ularning ovozi sun’iy intellekt yordamida o‘zgartirilgan. Firibgarlik ishi bo‘yicha sud davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News