• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Andijonda “Muruvvat” uyidagi bolalar kaltaklangani tasvirlangan video tarqalmoqda

Andijonda “Muruvvat” uyidagi bolalar kaltaklangani tasvirlangan video tarqalmoqda
  • 5
  • 06.11.2023 07:57:00

Andijonda “Muruvvat” uyidagi bolalar kaltaklangani tasvirlangan video tarqalmoqda

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi muruvvat uyida himoyaga muhtoj bolalarga xodim kuch ishlatgani aks etgan video tarqalmoqda. Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi munosabati e’lon qilindi.

Aniqlanishicha, ushbu holat 2023-yilning 24-iyulida soat 12:05 larda, Qo‘rg‘ontepa “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyining 6-guruhida sodir bo‘lgan. Hozirda holatga qonuniy baho berish bo‘yicha Agentlikning Andijon viloyati boshqarmasi  tomonidan ishchi guruh tuzilib, Qo‘rg‘ontepa tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda surishtiruv olib borilmoqda.

“Ushbu holat bo‘yicha kerakli choralar ko‘rilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News