• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Qamchiq dovonida lak-bo‘yoq ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi.

Qamchiq dovonida lak-bo‘yoq ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi.
  • 3
  • 06.04.2023 15:26:00

Qamchiq dovonida lak-bo‘yoq ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi.

Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida yuk mashinasi yonib ketdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 11:10 da Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga o‘tuvchi 259-kilometrida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida lak-bo‘yoq mahsulotlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 25 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirgan.

O‘chirish vaqtida dovonning bir tomoni vaqtincha yopilgan. “Soat 12:30 da transport harakati tiklangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida 6 kishi jabrlangan”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qamchiq dovonida 23-mart kuni Iveko rusumli yuk mashinasi kabinasida yong‘in sodir bo‘lgandi.

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News