
- 1
- 15.12.2025 09:01:00
- 1 daq o'qish
14-dekabr kuni Avstraliyaning Sidney shahridagi Bondi plyajida, yahudiylarning Xanuka bayrami nishonlanayotgan paytda sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 10 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 40 ga yaqin kishi jarohatlangan. Hujumchilardan biri otib o‘ldirilgan, ikkinchisi qo‘lga olingan, uchinchisi esa politsiyaga taslim bo‘lgan. Qurbonlar soni ortishi mumkin. Netanyaxu tinch aholiga qilingan ushbu hujum yuzasidan mamlakat bosh vazirini tanqid qilib, “mamlakatda oshib borayotgan antisemitizmga qarshi” chora ko‘rishga undaganini ta’kidladi.
Hujumchilardan birining qurolini abjirlik bilan tortib olgan meva do‘koni egasi Ahmad al-Ahmad hujum vaqtida ikki marta o‘q yeb, hozirda shifoxonada davolanmoqda. Amerikalik milliarder Bill Ekman Ahmad al-Ahmadni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 ming dollarga yaqin mablag‘ xayriya qildi.