• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Qashqadoryolik fuqaro hovlisida 1 tonna kannabis yetishtirayotgani ma'lum bo‘ldi

Qashqadoryolik fuqaro hovlisida 1 tonna kannabis yetishtirayotgani ma'lum bo‘ldi
  • 1
  • 18.10.2023 14:20:00

Qashqadoryolik fuqaro hovlisida 1 tonna kannabis yetishtirayotgani ma'lum bo‘ldi

2023-yil 8-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, ushbu tumandagi mahallalardan birida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda tezkor-tergov guruhi tomonidan fuqarolardan birining hovlisi ko‘zdan kechirilganda u yerda o‘sib turgan 574 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, fuqaro uyining tomida 51,9 kg quritilgan marixuana giyohvandlik o‘simligini saqlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Olingan giyohvand o‘simliklar taroziga qo‘yilganda sof og‘irligi bir tonnadan oshiq chiqqan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “v” bandi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.  Bu haqda “O‘zbekiston-24” telekanalida berilgan lavhada ma’lum qilingan.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News