• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Turkish Airlines samolyoti bortida yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi

Turkish Airlines samolyoti bortida yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi
  • 1
  • 26.07.2023 07:52:00

Turkish Airlines samolyoti bortida yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi

Istanbuldan Marokashga uchayotgan samolyotda yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi va vafot etdi. Haber7 nashrining ma’lum qilishicha, Istanbul aeroportidan havoga ko‘tarilib, Marokashning Marrakesh shahriga yo‘l olgan Turkish Airlines'ning TK619 reysidagi yo‘lovchi samolyot hojatxonasiga kirib uzoq vaqt chiqmagan. Shundan so‘ng, bort kuzatuvchilari shubhaga tushib, xodimlar eshikni buzishga majbur bo‘lishgan. 
Samolyot bortidagi ekipaj a’zolari va shifokorlar hojatxonadan hushsiz holda olib chiqilgan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Samolyot uchuvchisi esa Jazoirga majburiy qo‘nishni amalga oshirgan.
Samolyot qo‘nganidan so‘ng, aeroportga kelgan shifokorlar yo‘lovchining vafot etganini ma’lum qilishgan.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News