
- 5
- 04.05.2023 12:46:00
📱Samsungdan uch buklanadigan yangi telefon
Samsung bir necha yillardan beri Galaxy Z Fold va Flip seriyali buklanadigan smartfonlarni ishlab chiqaradi, ammo tez orada uning bunday qurilmalar qatori biroz boshqacha dizayndagi model bilan to‘ldirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Samsung uch qanotli telefonni patentladi u ikki qavatli sensorli ekranga ega bo‘ladi. Yangi qurilma uchta buklanadigan qismga ega bo‘lishi hamda displey to‘liq ochilganda planshet kattaligidagi hajmga teng bo‘lishi kutilmoqda. Qurilma nomi esa Galaxy Z Flex. Hozircha qurilma haqida faqat shular ma’lum.
Siz buklanadigan smartfonlarni ishlatib ko‘rganmisiz? Sizningcha ular qulaymi?





