
- 9
- 11.11.2023 07:37:00
Poytaxt tarkibida yangi tuman tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasining “Yangi Toshkent tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Vazirlar mahkamasining taklifiga binoan:
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq va O‘rtachirchiq tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralari o‘zgartirilishi;
Toshkent viloyati hududidan 19 729,41 gektar, shu jumladan, Yuqorichirchiq tumanidan 17 323,31 gektar (shundan 11 147,29 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari), O‘rtachirchiq tumanidan 2 406,1 gektar (shundan 1 758,41 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari) yer maydonlari Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilishi;
Toshkent viloyatidan Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilgan yer maydoni, shuningdek, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi “Istiqbol”, “Darxon”, “Usmonobod”, “Navoiy”, “Jaloltepa”, “Obodon”, “Guliston”, “Bahor”, “Xvan T.G”, “Yashnobod”, “Uch chinor”, “Nurafshon”, “Mirobod”, “Fayziobod”, “A.Yassaviy”, “Baliqchi”, “Yoshlik”, “Tinchlik”, “Iyk-ota”, “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari hamda “Istiqlol”, “Gulobod”, “O‘zbekiston”, “Navro‘z”, “Qorasuv”, “Oq ovul”, “Marifat”, “Jumabozor”, “Nurli yo‘l”, “Farovon”, “Yangi xayot”, “Saxovat”, “Qizilsoy” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bir qismi va O‘rtachirchiq tumanidagi “Sholikor”, “O‘choqli”, “Bunyodkor”, “Mashal” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari hamda “Mustaqillik”, “Gulobod”, “Yangiturmush” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarining bir qismi hisobidan Toshkent shahri tarkibida umumiy yer maydoni 19 729,41 gektardan iborat bo‘lgan Yangi Toshkent tumani tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.