
- 4
- 20.10.2023 11:42:00
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida yangi hamkorlik bitimi tasdiqlandi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’gi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o‘rtasida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2023-yil 1-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirishga masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.





