• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
  • 2
  • 20.10.2023 08:19:00

Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Muhammad Ali Iskandariy O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Baxtiyor Saidov elchini O‘zbekistonda ish boshlagani bilan qutladi.

«Eronning O‘zbekistondagi elchisi lavozimiga tayinlangan Muhammad Ali Iskandariy janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilishdan mamnunmiz. O‘zbekiston-Eron o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalarni muhokama qildik. Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz», deb yozdi ijtimoiy tarmoqda Baxtiyor Saidov.

Bundan oldin, 2019-2023 yillarda Hamid Nayrobodiy Eronning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan edi.

Manba: xabar.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News