
- 4
- 23.05.2023 13:06:00
🌕Dubayda Oy shaklidagi mehmonxona quriladi
Kanadaning Moon World Resorts arxitektura kompaniyasi oy shakliga ega bino qurishini ma’lum qildi. Loyiha mualliflarining tushuntirishicha, bu odamlarga yerni tark etmasdan sun’iy yo‘ldoshga “tashrif buyurish” imkonini beradi. Bino Dubayda quriladi. Qurilish qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi, uni ikki yil ichida yakunlash rejalashtirilgan.
Bino balandligi 224 metr bo‘lgan shar bo‘lib, uning ichida siz o‘zingizni xuddi oy yuzasida yurgandek his qilasiz. Mehmonlar tungi klub, ko‘ngilochar markaz, dam olish maskaniga tashrif buyurishlari mumkin. Shunday qilib, ular “Moon Shuttle”da harakat qilishadi.
🧐Sizga ushbu noodatiy bino yoqdimi?