Tehronda yirik yong‘in yuz berdi

Tehronda yirik yong‘in yuz berdi
  • 0
  • 03.02.2026 15:28:00
  • 1 daq o'qish

Bugun, 3-fevral kuni Eron poytaxti Tehron shahrining g‘arbiy qismida joylashgan Jannatobod mahallasidagi bozorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in savdo do‘konlari va rastalar joylashgan hududda kelib chiqqan bo‘lib, alanga tez sur’atda keng maydonga tarqalgan. Tehron yong‘in boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, alanga va qalin qora tutun shaharning turli hududlaridan ko‘rinmoqda. Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlarini olib bormoqda. Favqulodda xizmatlar hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘qligini bildirdi. Yong‘inning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News