
- 32
- 14.11.2025 14:26:00
O’zbekiston ayollar futbolida tarixiy g’alaba
Kuni kecha “Sevinch” jamoa 27 tur natijasiga ko‘ra 79 ochko jamg‘arishdi va mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishdi. Bu — “Sevinch” tarixidagi 17-chempionlik!
Mavsum boshida “Sevinch” O‘zbekiston Superkubogini ham qo‘lga kiritgan edi. Endi jamoa O‘zbekiston Kubogi va Osiyo Chempionlar Ligasi (Women) guruh bosqichida o‘z ishtirokini davom ettiradi.
Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Oliy Ligasi chempioni (17 marta):
2004, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2019, 2022, 2023, 2024, 2025 yillarda g’alaba qozongan.





