• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

800 ming so‘m qarz uchun bir guruh shaxslar mushtlashdi

800 ming so‘m qarz uchun bir guruh shaxslar mushtlashdi
  • 2
  • 22.10.2024 10:40:00

800 ming so‘m qarz uchun bir guruh shaxslar mushtlashdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh erkaklar mushtlashgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha holat, Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan bo‘lib, ovqatlanish shoxobchasida ishlovchi yigitdan tanishi qarzini so‘rab kelishidan boshlangan. Qarzdor qarzini bermaganidan keyin, 800 ming so‘m pulini olish uchun yigit mushtumzo‘rlik qilgan va janjalga boshqa yo‘lovchi fuqaro ham aralashib ketgan. Mushtumzo‘rlikni boshlagan yigit mushtumzo‘rdan jabrlanuvchiga aylanib qolayotganini sezib, qaytib kelishini va’da qilib, jo‘nagan va shu kunni o‘zida bir nechta tanishlarini ovqatlanish shoxobchasiga boshlab kelib do‘pposlashgan.
Bezorilarga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, javobgarlikni belgilash choralari ko‘rilmoqda.
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News