Sevgan yigiti bilan til biriktirib, bo‘lajak erini o‘ldirgan qiz

Sevgan yigiti bilan til biriktirib, bo‘lajak erini o‘ldirgan qiz
  • 1
  • 29.06.2026 10:34:00
  • 1 daq o'qish

Hindistonning Pune shahrida 26 yoshli Ketan Agarvalning o‘limi dastlab baxtsiz hodisa deb baholangan. Ammo tergov davomida uning bo‘lajak xotini Siya Goyal va uning sevgilisi Chetan Chaudhari qotillikni oldindan rejalashtirgani aniqlangan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Lohagad qal’asiga sayohat vaqtida Ketan jarlikka itarib yuborilgan. Tergovchilar bu unga nisbatan ikkinchi suiqasd bo‘lganini, birinchi urinish esa bir necha kun avval muvaffaqiyatsiz yakunlanganini ma’lum qilgan.

So‘roqda Siya boshqa yigit bilan munosabatda bo‘lganini tan olgan. Shuningdek, u Ketanning parik taqqani va duduqlanib gapirganini yoqtirmaganini aytgan. Hozirda Siya va uning sevgilisi hibsda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News